Toptal'ga Topshirish Haqida

26 June, 2021

Toptal'ga Topshirish Haqida


Toptal Haqida

Toptal men bilgan eng yaxshi frilanserlik platformasi hisoblanadi. Toptal'dagi uzoq muddatli loyihalar va yuqori maosh uni boshqa frilanserlik platformalaridan ajratib turadi. Toptal o'zini faqat top 3% iste'dodlilargina ishlaydi deb marketing qiladi. Men ham shu 3%ga kirarmikinman deb, qiziqib o'tgan yili Toptal'ga topshirib ko'rgan edim. Ushbu maqolada Toptal'ga topshirish jarayonidagi tajribalarim bilan bo'lishaman.

Ariza Yuborish

Ariza yuborish uchun toptal.com'da ro'yhatdan o'tib, CV'ingizni yuklashingiz kerak bo'ladi. Yaxshi rezyume tayyorlash haqida ushbu maqolamda o'qishingiz mumkin. Ariza topshirish jarayonida haftasiga necha soat ishlashingiz mumkinligi va soatiga qancha xohlashingiz ham so'raladi. O'rtacha stavka haqida o'rganganimda, Toptal dasturchilarga o'rtacha soatiga $60 to'laydi deb o'qigan edim. Topshirishdan avval bu haqida yana qo'shimcha o'rganishni maslahat beraman.

Onlayn Test (1-bosqich)

Ariza yuborganimdan so'ng menga quyidagicha email keldi.

Emailda aytib o'tilganidek, 3 kun ichida ushbu testni topshirishingiz kerak bo'ladi. O'zingizga qulay bo'lgan dasturlash tilini tanlab, berilgan masalalarga 90 daqiqa ichida javob berishingiz kerak bo'ladi. Masalalar ko'proq "string", "array", "hashtable" mavzulariga oid, ba'zida biroz matematik fikrlashni talab qiladi. Menga 4ta masala, leetcode.com'dagi 2ta easy, 2ta medium qiyinchilikdagi masalalar tushgan edi. Barchasiga 1.5 soat ichida javob bera oldim.

Ingliz Tili va Muloqot (2-bosqich)

Ertasi kuni keyingi bosqichga, "Language & Personality" suhbati uchun email keldi. Ushbu bosqichda sizni ingliz tilida muloqot qila olishingiz, inson sifati mijozlar bilan gaplasha olishizni tekshirishadi. Odatiy "o'zing haqingda gaprib ber", "nega topalga topshirding", "sen ishlagan eng qiziq loyiha" va shu kabi savollar beradi. Intervyu tahminan 10 daqida davom etadi. Suhbatdan so'ng o'zingini qiziqtirgan savollar javob olishingiz ham mumkin.

Texnik Suhbat (3-bosqich)

Keyingi bosqichda yana 1-bosqichga o'xshash, masala yechish bo'ladi. Ushbu bosqichda ham suhbat boshida o'zingiz haqingizda gapirib berishingiz so'raladi. Bu gal 2ta masala bo'ladi. O'tgan bosqichdagiga nisbatan biroz osonroq, lekin har bir masalaga 15 daqiqa beriladi. Masalani yechishni o'zi yetarli bo'lmaydi, balki tushuntira olish, toza kod yozish kabi sifatlarga ham e'tibor beriladi. Kod yozishdan avval masalaga tushunmagan joyingizga aniqlik kitirishni so'rang, maxsus holatda qanday natija qaytarishni so'rashni unutmang. Bilishimcha 15 daqiqalik taymer kod yozishni boshlaganingizda boshlanadi. Men ikki masalani ham o'z vaqtida yakunlay oldim.

Uyga Vazifa (4-bosqich)

Ushbu bosqichga yetib kela olgan bo'lsangiz, demak siz Toptalning 3.6% topshiruvchilar qatoriga kirasiz. Texnik suhbat yaxshi o'tganidan so'ng siz o'zingiz ishlamoqchi bo'lgan sohaga oid loyiha beradi (backend, frontend, full-stack). Uni 2 hafta ichida yakunlab, topshirishingiz kerak bo'ladi. Menga tadbirlarga chipta sotib olish platformasi uchun API yaratish vazifasi berildi. O'zingiz eng yaxshi bilgan, istalgan texnologiyadan foydalanishingiz mumkin. Men ushu test loyihani Django'da "database design"dan tortib, API'ni 100% test bilan qoplashgacha bajardim.

Loyihani taqdim qilish uchun bir kun belgiladim. Afsuski taqdimot boshlanishiga 5 daqiqa qolganida suhbat oluvchi meetingni bekor qildi. Men esa "issiq jon, bo'pturadi" deb yana boshqa kunga meeting belgiladim. Ertasi kuni yana 5 daqiqa qolganida yana "cancel" bo'ldi. Keyin shanba kuni ertalabga eng oxirigi slot ochiq qolgan ekan. 3-marta "reschedule" qildim. Dam olish kunlari menga ishonch yo'q. Kutganimdek, uxlab qoldim 😅. Keyin Toptal'dan belgilangan suhbatda qatnashmaganligim uchun arizam rad etilganligi va 6 oydan so'ng texnik suhbat bosqichidan davom ettira olishimni aytib email keldi.

Tayyorlanish Uchun Maslahat

Ingliz tilida ravon suhbatlasha olish, o'zingiz yoqtirgan dasturlash tilida erkin kod yoza olish, muammolar yecha olish va fikrlaringizni tushuntira olish nafaqat Toptal uchun balki istalgan kompaniyaga kirish uchun muhim. Agar Toptal'da ishlash niyatingiz bo'lsa, Linkedin orqali O'zbekistondan turib Toptal'da ishlayotgan odamlarni topib ulardan intervyu jarayoniga tayyorlanishda yordam so'rashingiz mumkin. Agar siz Toptal'da ishlovchi odam sizni refer qilgani aytsangiz, ishga kirgan taqdiringizda Toptal shu odamga $1k referral bonus beradi. Win-win 🏆