O'sish Siri

27 January, 2023

O'sish Siri


Dasturchi sifatida o’sish uchun bir sirim bilan bo’lishaman:

Juda ko’p xato qilaman.

Bugun ishda bir xato qilib qo’ydim. Uni tuzataman deb undanam kattaroq xato qildim. O’zimni juda yomon his qilishni boshlagandim…

Men bilan ishlayotgan produkt menejer butun jamoaga “Azim is doing stellar job…” deb xabar yuboribdi. Nima? Nega?

ITda ishlash qiziqda - olov yoqib o’chirsangiz hammani e’tiborida bo’lasiz. Olov yoqmasangiz hech kim borligingizni ham bilmaydi. 

Olov yoqib turing 🔥