Amazondagi menejerimning
> menejerining
> menejerining
> menejerining
> menejeri menga
yo'llagan savoliga 2 soat-u, 15 daqiqa o'ylanib javob berdim. Natijada qiziq voqea bo'ldi.
Har oy organizatsiyamizda 1-2 kishi Amazonning liderlik prinsiplarni ko’rsatganligi uchun “Just do it” degan mukofot bilan taqdirlanarkan.
Noyabr oyi uchun meni tanlashibdi. 2 hafta oldin ishdan haydalsam kerak deb turgandim - syurpriz bo’ldi.
Ho’sh, mukofotning siri nimada?
Siri shundaki - sizga berilgan vazifalardan tashqariga chiqishingiz kerak.
Amazonda 1-oy faqat o’rganib - “onboarding” qilishim kerak edi. Men esa darrov ishni boshlab yubordim. Qiyin bo’lgandi lekin yaxshi natija berdi. Qilgan ishim “Bias for Action” degan prinsipiga to’g’ri kelarkan.
Super Dispatchda ham huddi shu sabab bilan bir necha bor lavozimim ko’tarilgan, maoshim ham. Hech kim aytmagan bo’lsa ham, o’zimdan bilib menga tegishli bo’lmagan qismlarda ishlardim - kandidatlarni suhbat qilish, yangi kelganlarni o’rgatadigan video kurs tayyorlash va h.k. Bu Super Dispatchning “Be Proactive” degan prinsipiga to’g’ri keladi.
Bollar, biz yutamiz!