Nega O'zbek Tilida Yozaman

29 January, 2023

Nega O'zbek Tilida Yozaman


2019-yil Astana shahriga borgandik. 

Odamlar orasida "rehmet"dan boshqa hamma gap rus tilida gapirilayotganini, farzandlariga yoshligidan faqat rus tilida gapirayotganligini ko'rib rosa hafa bo'lgandim.

1 oy o'tib Varshavaga keldim. Bu yerda ham bir Qozog'istonlik inson bilan tanishib, biroz vaqt birga ishlagandik. "Nega qozoq tilini bilmaysan" desam, maktabda yaxshi o'qitmagan degandi. Lekin oiladachi?

Yevropadagi hamma davlatda o'zini tili bor. Hamma ingliz tilini bilsa ham, kutubxonalari o'zlarini tilidagi kitoblar bilan to'la. Konferensiyalari ham o'zlarini tilida bo'ladi. 

Men ham ilgari ingliz tilida blog yozardim. Polshaga kelib, bizning ham tilimiz polyak tilidek rivojlangan bo'lsa qanday zo'r bo'lardi deb rosa orzu qilardim. O'zimdan boshladim: o'sha kundanoq hamma maqolalarimni o'zbek tilida yozishni boshlagandim.