Bu mening ishim emas men uchun yangi ish

31 January, 2023

Bu mening ishim emas men uchun yangi ish.


O'sish uchun birinchi sirim bilan bo'lishgandim. Bugun ikkinchisi bilan bo'lishaman.

Amazonda oxirigi 5 oy davomida ishda backendchi (Java), frontendchi (Vue), devops(AWS) va hatto QA ham o'zim bo'ldim. Endi data engineering bilan shug'ullanyapman 🥲

Super Dispatchda DevOps bilan shug'ullanadigan alohida injiner bo'lmagan, hozir ham bo'lmasa kerak. 

Google Cloudni o'rganib, millionlab daromad keltiradigan infrastrukturani to'liq o'z bo'ynimga olgandim - bu mening ishim emas demasdan, bu men uchun yangi ish deganman.

PDP aloqaga chiqib dasturlash bo'yicha kurs yozib berishimni so'ragandi. Unda ham bu mening ishim emas demasdan, bu men uchun yangi ish deganman.

YouTube kanal yuritish ham xuddi shunday bo'lgan. Suratga olish, video tahrirlash mening ishim emas demasdan - bu men uchun yangi ish deganman. 

Qobig'ingizdan chiqing, o'zingizni kashf qiling!