Bloomberg'dan Offer Oldim

30 November, 2021

Bloomberg'dan Offer Oldim


Bloomberg haqida bilasizmi? Ushbu bir daqiqali video oraqli Bloomberg haqida bilib olishingiz mumkin. Bloomberg haqida qancha ko'p o'rgansam, shuncha ko'p qiziqtirdi. Bloomberg daromadining asosiy qismi - iqlim o'zgarishi, atrof muhit, shaharlardagi hayotni yaxshilash va boshqa global muammolarni yechish uchun ishlatilar ekan.

O'tgan yili Bloomberg'ga topshirganligim haqida yozgan edim, bu yil ham jarayon o'tgan yilnikidan ko'p farq qilmadi. Lekin bu safar intervyuda nimani kutish, savollarga qanday yondashish va eng muhimi "System Design" uchun tayyor edim.

"System Design" intervyu uchun men o'qigan kitoblar va kurslar haqida @lazyprogrammer kanalida ilgariroq aytib o'tgan edim. Lekin kitoblardan ham ko'proq men bilgan atrofimdagi yaxshi insonlar yordami ko'proq samara berdi.  Khamidulla Inoyatov va Abdujabbor Mirkhalilov qimmatli vaqtlarini ayamay "System Design" intervyu olishgani va foydali maslahatlari haqiqiy intervyuda qo'l keldi.

Bloombergda yil davomida internship qilish imkoniyati mavjud ekan, 2022-yil uchun Facebook va Bloomberg'da ketma-ket internship qilish imkoniyati mavjudligi meni rosa quvontirdi. Ikkisi ham Londonda bo'lib o'tadi, yozgacha epidemiologik vaziyat yaxshilanadi deb umid qilamiz.

11-dekabr kuni GDG Tashkentda "FAANG" mavzusida ma'ruza beryapman. Yaxshi CV tayyorlash, intervyuga tayyorlanish va offer'gacha bo'lgan jarayon haqida ko'proq aytib o'taman.

Bollar, biz yutamiz!