Yozgi Internship Haqida

06 January, 2021

Yozgi Internship Haqida


Universitetda o'qishdan olish mumkin bo'lgan eng katta imkoniyat bu - Internship. FAANG - ya'ni Facebook, Apple, Amazon Netflix va Google kabi katta kompaniyalarda amaliyot o'tash, sizga universitetni bitirganingizdan keyin 100% FAANGga ishga kira olish imkoniyatini beradi.

Qayerdan boshlaymiz?

Ushbu Github Repoda github.com/pittcsc/Summer2021-Internships 2021-yildagi barcha katta kompaniyalarda mavjud yozgi amaliyotlarga topshirish uchun link'larni topasiz. Albatta ko'pchilik 2021-yil yozgi internshiplarga topshirish uchun hozir kech bo'ldi. Odatda amaliyotga ariza topshirish - sentabrdan dekabrgacha davom etadi. Kompaniyadan kompaniyaga qarab qabul sanasi farq qiladi.

Eng Muhim Narsa Nima?

Istalgan amaliyotga topshirish uchun sizdan "CV" - tarjimai hol so'raladi. Minglab talabalar orasidan intervyuga aynan sizni tanlab olishi sizning CVingizga bog'liq. CVingiz rekruter qo'lida atigi bir daqiqa bo'ladi. Shuning uchun uni 1 betdan oshirmaslik va eng muhim narsarni yozish kerak.

Rekruterga sizning CVingiz yoqsa, sizni "phone interview"ga taklif qiladi. Menga Bloombergdan quyidagi email keldi.

Intervyu Uchun Tanlab Olinganligim Haqidagi Email

Phone Intervyu

Telefon orqali menga Zurich, Shvetsariyadan Daniel ismli injiner telefon qildi. O'zini tanishtirdi, Bloombergda nima ish qilishi haqida gapirib berdi va mendan ham o'zim haqida gapirib berishimni so'radi. Keyin umumiy - "shared" dokumentda (misol. google docs) "Data Structures & Algorithms" bo'yicha masala berdi. Ushbu masalani biroz o'zgartirilgan ko'rinishini berdi - https://leetcode.com/problems/lru-cache/

Intervyuga Leetcode.com da tayyorlandim, 2020-yil davomida 149ta oson va 112ta o'rtacha qiyinchilikdagi masalalar yechibman. Undan tashqari Pramp.com da 17ta, do'stlarim bilan 20dan ortiq mock - haqiqiyga o'xshash intervyulardan o'tdim.

https://leetcode.com/azimjohn/

LRU Cache masalasini Super Dispatchda intervyu uchun juda ko'p marta ishlatgan edim. Osongina 2-3 xil yechim taklif qildim, Daniel tanlagan yo'lda kodni yozib tushuntirib berdim. Intervyuni tamomladik.

Ertasi kuni interyu natijasi yaxshi ekanligini va keyingi bosqichga o'tganligimni aytdi. Keyingi bosqich - onsite intervyu.

Onsayt Intervyuga Taklif Qilinganligim Haqidagi Email

Onsayt Intervyu

Odatda onsayt intervyu kompaniyaning o'zida bo'lib o'tadi va barcha harajatlar - visa, avia bilet, mehmonxona, va h.k lar kompaniya tomonidan qoplanadi. Afsuski Covid-19ni deb meni Londonga sayohatim qoldirildi, intervyu onlayn bo'ladigan bo'ldi.

Onsayt intervyu phone intervyudan ko'p farq qilmadi, o'zlari haqida gapirib berishdi, men haqimda so'rashdi. Umuman olganda biroz osonroq bo'ldi. Londondagi 2ta injener galma-gal savol berishdi. Birinchi savol - validate binary search tree va ikkinchi savol - so'zlarni alifbo bo'yicha saralash (alifboda 2ta belgili harflar mavjud). Har bir savolga 30 daqiqa ajratilgan edi.

Ikkinchi masalaga taklif qilgan yechimimdan qoniqmadi va yaxshiroq yechim uchun ozgina yordam berib yubordi. Keyin kodni yozdim va intervyuni texnik qismi tugadi. Keyin "Bloomberg haqida istalgan savolingni so'ra" deyishdi.

Intervyudan ko'nglim to'ldi. Bloomberg Internship tayyor deb turgan edim, ertasi kuni ushbu email kedi. Yana bir bosqich bor ekan.

Sistem Dizayn Intervyuga O'tganiligim Haqidagi Email

Sistem Dizayn

FAANG Internshiplarda odatda onsayt intervyuni jarayonni yakunlaydi va loyiha tanlash boshlanadi. Bloombergda internship uchun ham sistem dizayn intervyu bor ekan. Ma'lumot uchun, hattoki Googleda L4 darajasida Software Engineer sifatida ishga kirish uchun ham sistem dizayn intervyu bo'lmaydi.

Ushbu bosqich haqida umuman bilmagandim va tayyorlanish uchun 2 hafta vaqtim bor edi holos. "Data Structure & Algorithms" ustida ishlash uchun juda ko'p materiallar bor, masalalar ko'p va tayyorlanish uchun ko'p vaqt bo'lgan edi. Hullas interview kuni juda tez yetib keldi.

Intervyuni Bloomberga 15-yildan buyon ishlayotgan yuqori darajadagi injener oldi. Juda qattiq bosimni sezdim, savollar ketidan savollar beraverdi. Nega? Nega? Innan keyinchi deb. Britaniya aksenti ham tushunishni biroz qiyinlashtirdi.

"Shum Bola" filmidan

Savolni juda uzoqdan olib kelib tushuntirdi. Vazifa tushuntirilgan sistemaning kichik qismini dizayn qilish edi, men esa umumiy sistema dizayniga og'ib ketaverdim. Hullas bir yarim soat intervyuver mendan yaxshi sistem dizayn olishga harakat qildi. Natijadan o'zim juda ham qoniqmadim. Ertasi kuni ushbu email keldi.

Bloomberg Bilan Shu Yerda To'xtashimiz Haqidagi Email

Xulosa

Intervyudan yiqilish - aslida yutuq. Har bir intervyu nimadir o'rgatadi. Kamchiliklarimizni anglaymiz va ustida ishlaymiz.

Bollar, biz yutamiz!