Toshkeniston
10 yoshimda Toshkentga ko'chganmiz, eng "bag'ri keng" shaharga.
Noto'g'ri tushunmang, eng bag'ri keng insonlar ham Toshkentda. 14 yil ilgari "propiska" shu qadar qiyin masala ediki, hatto odamlar propiska uchun oila qurishardi. Propiskasizlar "ovlanib", kata jarimaga tortilardi - ayniqsa har yili Dekabr oyida.
Qonuniy yashashni xohlardik - vaqtinchalik propiskaga topshirardik. Oylab kutardik, chiqmasdi. Bir kishini maslahatiga ko'ra bir kuni "uchastkavoy"ga aroq oborib berdik, darrov tezlashib ketgandi.
Oxirigi marta, 2017-yilda vaqtincha propiskaga kirish uchun qo'limda nomer bilan 3 tarafdan rasmga olishgandi - jinoyatchidek. Viloyatdan kelganlar hali jinoyat sodir qilishga ulgurmagan jinoyatchi sifatida ko'rilardi. O'qish ham, ishlash ham qiyin edi.
Yetmaganiga ko'chalarda "shu vatan hammamizniki" deb yozib qo'yardi.