O'qishda Emas, O'qish Uchun Pul Topishda
Inha kontrakti 2017-yilda 22 million so'm edi.
Inflatsiyani hisobga olsak bu hozirgi 42 million so'mga to'g'ri kelsa kerak.
18 yoshda hech qanday qarzlarsiz, hech kimning yordamsiz kontraktda 1 semester o'qiganman. Ammo butun hayolim o'qish uchun pul topishda bo'lgan, o'qishda emas.
Buni anglaganimdan so'ng o'qishdan ketishga qaror qilganman. U paytlar o'qishdan ketgan hech kim haqida bilmasdim, o'zim uchun birinchisi bo'lganman. Ko'pchilik maslahatiga kirganimda, hozir Uzmobileda ishlayotgan bo'lardim.
Universitetga ishonmang, kurslarga ishonmang, odamlarga ishonmang. 42ga ham ishonmang meni dasturchi qiladi deb. Sizni dasturchi qiladigan yagona odam – o'zingiz.
Universitetga 33 million to'lab qo'yishingiz sizga kasb bermaydi. Minglab soatlar shug'ullanish beradi. Agar u universitet uchun pulni topaman deb, o'qish uchun vaqt topa olmayotgan bo'lsangiz, 2x yutqazyapsiz.
Bollar, biz yutqazyapmiz.