Server Uyda, Men Sayohatda

25 January, 2024

Server Uyda, Men Sayohatda


Uyda server ko'tarishning yomon tarafi – u sayohat qilganingizda o'chib qoladi.

Nega uyda server ko'tarishga to'g'ri keldi? 

Axir bulut borku ☁️, yetmaganiga Google Cloudda ishlasam. G'alatimasmi?

Cloud42 loyihasini AWS yoki Google Cloudda yuritganimizda hozirgi yuklanishni ko'tarish uchun oyiga $744.45 to'lagan bo'lardik, atiga 32GB tezkor xotira va 32ta CPU uchun 🤷‍♂️

Shunda yechim sifatida anchadan beri ishlatmayotgan yuqori parametrli kompyuterimni jprq orqali serverga aylantirib, unda Cloud42'ni yuritishni boshlagandim. Muhimi Varshavada internet/svet o'chib qolmaydi.

Bugungacha yaxshi ishlab turgandi, nima jin urdi â€“ o'chib qoldi. Merfi qonuni – "Anything can go wrong, will go wrong". Server ham shu sayohatga chiqishimni kutgan. 

Bunday bo'lishi mumkinligini kutgandim, Google Cloudda uni replikasini yasab, muzlatib qo'ygandim. Hozir uni yuritib qo'ydim – 3 kunda bankrot bo'lmaymiz deb umid qilaman.