Nega Kitoblardan O'rganish Foydaliroq
Sizda hech imtihonga qattiq tayyorlanib, imtihondan so'ng hamma narsa esingizdan chiqib ketganmi? Ingliz tilida bu haqida zo'r maqol bor: "Easy come - Easy go". Oson kelgan bilim oson ketadi.
Bilimlarni eslab qolish uchun, kerakli payt qo'llay olish uchun uni tushunish kerak. Maqsad qisqa vaqt ichida ko'p narsani o'rganish, yodlash emas, balki o'rgangan bilimni miya qabul qilishga, tushunishga imkon yaratish, ustida ko'proq o'ylashdir.
Video darsda 10 daqiqa ichida olishingiz mumkin bo'lgan bilimni 1-2 soat kitob o'qish orqali o'rganishingizda to'g'ri kelishi mumkin. Bu aslida kamchilik emas, balki kitobdan o'rganishning yutuqli tomoni.
Kitobda mavzu to'liq yoritiladi, video darslar tayyorlashdan ko'ra ko'proq izlanish olib boriladi. Qisqa qilib aytganda kitoblar food chain (oziq-ovqat zanjiri)ning eng tepasida turadi.
Video darslardan o'rganishning hech yomon tomoni yo'q. O'rganishni boshlash uchun juda yaxshi yo'l, misol uchun Harvardning CS50 kursi har yili millionlab o'quvchilarga sifatli bepul bilim berib boradi.
Kitoblar udemy kurslaridan qimmatliroq. Bitta yaxshi kitob uchun o'rtacha $50 harajat qilishingizga to'g'ri keladi. Bu degani 1 yilda 10ta kitob uchun $500 atrofida to'g'ri keladi. Lekin bu kelajakka qo'yilishimi mumkin bo'lgan eng yaxshi sarmoyadir.
Manabu kitob ($65) ilk bor 1989-yil nashr qiligan, sotib olishni anchadan beri rejalashtiryapman, DevOps sohasini o'rganish uchung eng yaxshi qo'llanma. Bu kitobdagi bilimlarni yarmini yoritgan video kurs qidirib topishga harakat qilib ko'ring. Kutib turaman 🙂
O'zim ham video kurslar yaratdim, boshqa kurslardan andoza oldim, ko'p kurslarning o'rgatish usulini o'rgandim. Sohada muvaffaqiyatli bo'lish uchun bu kurslarning o'zi yetmaydi. Ko'pchilik kurslar kod yozishga qaratilgan (implementation). Kitob esa ko'p hollarda sizga g'oya beradi, qo'llashni (implementation) o'zingnizga qoldiradi.
Telegramdagi jonli suhabatimizda men o'zimning 10 eng yaxshi dasturlashga oid kitoblar to'plamini keltirgan edim:
- Clean code
- Clean coder
- Refactoring
- Grokking Algorithms
- Algorithm Design Manual
- Code (hidden language ..)
- Eloquent JavaScript (for JS)
- Python Cookbook (for Python)
- UNIX and Linux System Administration (for DevOps)