Mikrofon Ushlashni Bilasizmi?
2018-yil Garage48 xakatonida Estoniyadan kelgan hakamlardan bu ajoyib usulni o'rganganman.
To'rt barmog'ingiz bilan mikrofonni ushlaysiz va bosh barmog'ingizni iyagingizga qo'yasiz - rasmdagidek.
Natijada, mikrofon bilan bo'ladigan eng katta muammoni yechasiz - ovoz har doim bir xil balandlikda chiqadi. Mikrofon juda yaqin ham, uzoq ham ketib qolmaydi.
Sinalgan usul.