Kanareyka Hikoyasi

15 April, 2023

Kanareyka Hikoyasi


Tanishing, bu qush - kanareyka.  Ko'p insonlar hayotini saqlab qolgan.

1800-yillarda, ko'mir konidagi hidsiz bo'lgan uglerod oksidi oqibatida ko'p insonlar vafot etgan. 

- Aaa, demak kanareyka sezarkanda deb o'ylayapsizmi?

Kanareyka ham sezmaydi, darrov o'lib qolarkan - lekin insonlarga nisbatan tezroq. Bu esa odamlar kondan chiqib olishiga imkon bergan.

Rasmdagi qafas ustida kislorod balonini ko'rishingiz mumkin. Bu xushdan ketgan kanareykani hayotga qaytarish uchun ishlatilgan.

Asrlar o'tib, hozirgacha "kanareyka testi" g'oyasi saqlanib qolgan - ayniqsa dasturlashda.

Muhim servislar ishlab turganini, ya'ni "tirikligini" tekshirish uchun "canary test"lar yoziladi va har zamon yuritib turiladi.

Nihoyatda go'zal.