Birinchi Ishni Topish Haqida

28 March, 2021

Birinchi Ishni Topish Haqida


Workly`ning ofisi, Mening birinchi ish joyim.

Birinchi ishni topish qiyin, lekin imkonsiz emas. Ushbu maqolada qanday qilib birinchi maoshli ishni topganligim haqidagi tajribalarim bilan bo'lishaman.

Ish tajribasi o'zi nega kerak? Ish tajribangiz, kompaniya uchun sizga ishonish mumkinligini anglatadi. Siz ilgari biror ishni uddalaganingiz, keyingi ishni ham uddalashingiz mumkinligini bildiradi. Demak bu yerda ishonch haqida gap ketyapti.

Ishonchni yana qanday yo'llar bilan topish mumkin? Buning eng sinalgan yo'li, "referral", o'zbekcha qilib aytganda - tanish-bilish 🙂, o'zbek tilida aytganda esa - tavsiya. Referral tizimi qanday ishlashi to'g'risida Darhonbekning ajoyib maqolasi bor, albatta o'qing!

Referral sizni ishga kirishingizda emas, intervyuga taklif qilinishingizda rol o'ynaydi. Intervyuga taklif qilinganingizdan so'ng hammasi o'zingizga bog'liq. Men hozirgacha 2ta ishda ishlagan bo'lsam, ikkisiga ham referral orqali intervyuga taklif qilinganman.

Sizni o'z kompaniyasiga taklif qilishi mumkin bo'lgan odamni qanday topasiz? Bunda GDG Tashkent`ning tadbirlari, hakatonlar va musobaqalar, istalgan dasturchilar yig'iladigan joydan topishingiz mumkin. Lekin darrov sizni kompaniyaga taklif qilishi haqida so'ramang. O'zingizni shunday tanishtiringki, sizni o'zi kompaniyaga taklif qilsin.

Google IO Tashkent 2017

May oyi, 2017-yil. Ilk bor Google IO Tashkent`da qatnashdim. Ma'ruzalar bir-biridan qiziq edi, ammo ma'ruzalar Google IO ning eng foydali qismi bo'lmagan ekan. Sababi ularni YouTube'da ham ko'rishingiz mumkin. Google IO`ning eng foydali qismi dasturchilar bilan tanishish, mahalliy kompaniyalar haqida ko'proq o'rganish ekan. Abad.uz da android dasturchi, Arslanga ustida ishlayotgan loyihalarim haqida gaprib berdim, va uni meni Abad.uz ga topshirib ko'rishim kerakligini, intervyuga taklif qilishi mumkinligini aytdi.

Noyabr oyi, 2017-yil. Inha universitetida DjangoGirls bo'lishi haqida eshitib qoldim. Django`ni bilmasamda, mentor sifatida qatnashish uchun topshirdim, bahonada o'rganib oldim 😄. Masterklasga tayyorlanish jarayonida ko'pchilik mentorlar bilan tanishdim, ularning aksariyati Super Dispatch'dan edi, ular menda juda yaxshi taasurot qoldirishdi. Ibrohim aka bilan tanishib, ulardan maslahatlar olib turdim.

Xullas, developer eventlarga faqat pitsa uchun (hazil 😉), ma'ruzalarni tinglash uchun emas, networking uchun ham boring. O'zingnizni tanishtirish uchun tayyorlanib oling, ko'proq mashq qiling, shunda siz ishni emas, ish sizni topadi. Omad!