80/20 Qoidasi (Pareto Prinsipi)
Oddiy prinsip:
80% natija 20% harakat bilan erishiladi.
Ishni boshlab olish qiyin. Ammo boshlashdan ham uni yakunlash qiyinroq.
Yaponlarda qiziq maqol bor:
Ishni 95% yakunlagan bo'lsang, demak uni endi yarmiga kelibsan:
- Shaxsiy blogim 80% tayyor
- Dasturchi hikoyasi 80% tayyor
- 42.uz express kursi 80% tayyor
- Faang tayyorgarligim 80% tayyor
- Universitetdagi tezisim 80% tayyor
Ular 100% tayyor bo'lishini kutganimda, 5x vaqt sarflagan yoki ulardan faqat bittasini qilgan bo'lardim.
Hozir ham maqolani tugallashim ko'proq vaqt olyapti. 80% holatida chop qilib qo'ya qolaman. Agar nima demoqchiligimni 80% tushungan bo'lsangiz, shuni o'zi kifoya.