Universitetni Bitirdim

01 March, 2024

Universitetni Bitirdim


Do’stlar,

Shuni mamnuniyat bilan aytamanki, mening 4 yil Polshadagi musofirchikda o’tkazgan vaqtim besamar ketmadi: 

- Bugun universitetni bitirdim, 5ga (with honours).

Universitetni bitirganligim menga boshlagan ishimni tugata olishimga mustahkam ishonch berdi, diplom ham.

2017-yilda o’qishni Toshkentdagi Inha universitetida boshlaganman. Afsuski moliyaviy va boshqa sabablarga ko’ra o’qishdan ketdim. Oson qaror bo’lmagan.

2018-yil o’qish uchun Rossiyaga yo’l olgandim. Taqdir qilmagan ekan, universitetidan yiqilib, O’zbekistonga qaytgandim. Qaytib kelib birinchi NewMaxda, keyinroq SuperDispatchda ish boshladim.

2019-yil Polshaga o’qishga topshirib kelmoqchi bo’lganimda viza jarayoni cho’zilib, kechroq chiqib, universitet o’qishdan chetlatdi.

2020-yil qayta topshirib, Varshava Texnologiyalar Universitetiga kelgandim. Pandemiya boshlanib qolib, o’qish ham qolib ketgandi, WUT noto’g’ri tanlov bo’lgan ekan.

Axiri, Polsha-Yaponiya IT akademiyasiga kirib, jprq bo’lmasdan bir joyda tahsil olib, o’sib, rivojlanib, miyyani bir joyga qo’yib:

 - 2021-yil Facebook

 - 2022-yil Amazon

 - 2023-yil Google

o’qish paytida ishga taklif oldim.

6.5 yil deganda boshlagan ishimni - universitetni tamomladim ✊

Aytgancha, Googleda ham bayram: 1-mart butun dunyodagi barcha Googlechilar uchun “Global Reset Day” ekan. Mazza qilib dam dars olamiz.