Analysis-Paralysis — yoxud ko’p o’ylash shol qiladi

28 March, 2024

Analysis-Paralysis — yoxud ko’p o’ylash shol qiladi

Hayotimiz turli-tuman qarorlardan iborat. Nima o’rgansam ekan, qayerga borsam ekan, nima yesam ekan, nima kiysam ekan…

Qaror qilish ma’lumotsiz qanchalik qiyin bo’lsa, ko’p ma’lumot bilan ham shunchalar qiyin. Hamma savollaringizga javob topishni kutsangiz, hayotdan hech narsa qilmay o’tasiz.

Amazon’da ishlaganimda Jeff Bezos’ning gaplarini ko’p eshitardim:

Qarorlar ikki xil bo’ladi: ortga qaytsa bo’ladigan va bo’lmaydigan. Ortga qaytish qiyin bo’lmasa, ma’lumot kutib o’tirma - bor, bajar, o’rgan. Ko’p qarorlar - ortga qaytsa bo’ladigan qarorlar.

Amazon’ning bias for action - amalga tashna bo’l degan prinspi - mening shaxsiy prinsplarimdan. Hayotni ancha oson qiladi.

Ko’p savol so’ramang. 

Borib javob toping!