Sovuq Suv Uyg'otadi, Qiynasa ham

07 March, 2024

Sovuq Suv Uyg'otadi, Qiynasa ham


Hamkasbim rasm yubordi, uzoqdan ko'rib qolgan ekan (2019-yil iyul).

Ertalab ish boshlashdan oldin Hamid Olimjon metro yaqinidagi favvora yonida 10 daqiqa turib, o'y-hayollarimni bir joyga jamlashga, uzoqroqqa qarashga, rejalar tuzishga harakat qilardim.

9dan 5gacha ishlash orzular, maqsadlaringizni esdan chiqaradi. 1 yil ishlab buni yaxshi his qilgandim. Super Dispatchda ham 1 yil ko'z ochib yumguncha o'tib ketgandi. Nimadir qilmasam hech narsa o’zgarmasligini bilardim.

Qulay muhitga o’rganib qolish oson. Ertalab issiqina o’rinda yotaverish oson bo’lgani kabi. Ammo sovuq suv sizni uyg’otadi, qiynasa ham. 

Uyg’oning.