Ruhiy To'siq (Mental Barrier)

01 February, 2024

Ruhiy To'siq (Mental Barrier)


Hozir blogimni ochib, nimadir yozaman deyman. Shundoq kamerani tayyorlab, video olaman deyman. Loyihani ochib, kod yozaman deyman. Ammo...

Nega shunchaki qila olmaymiz? Miyyamizda qanday to'siqlar bor?

Menimcha eng katta to'siq – o'zimizga aytadigan yolg'on:

Keyinroq "zo'r" qilaman.

Kelajak haqida o'ylash – fantaziya qilish degani. Kelajakda hamma narsa ideal, hamma narsa zo'r. Ammo hozir bu – reallik, hech qachon ideal emas, har doim kamchiliklari bor. Ularga rozi bo'lishimiz kerak.

  • Eng yaxshi vaqtni kutmang. 
  • Eng yaxshi vaqt o'tgan yili edi. 
  • Keyingi eng yaxshi vaqt esa – hozir.