Ortga 1 Qadam, Oldinga 2 Qadam

20 August, 2023

Ortga 1 Qadam, Oldinga 2 Qadam


Ortga qaytishga ko'pchilik or qiladi. O'zimdan kichiklar bilan o'qimiyman, bu narsalarni "bilaman" deyishadi. 

Bilasizmi nega ko'plar matematikani yaxshi bilmaydi? Chunki bilmagan narsasi ortda qolib ketgan. 8-sinf bola 5-sinf kitobini olib o'qiganini ko'rganmisiz?

Universitetdan ketgach, 3 yil o'tib yana qaytdim. Boshida 8-sinf bolaga 5-sinf kitobini berib qo'ygandek tuyuldi. Ko'p narsani anglab o'qidim. Boshqacha bo'larkan.

Dasturlash ham matematikadek. Bilimlar bilimlar ustiga quriladi. Fundament yaxshi bo'lmasa, baland bino qurib bo'lmaydi. 

Bizda hammani narsani "yoshi" belgilangan. Universitet yoshi, uylanish yoshi, ishlash yoshi. Shuning uchun bu fikrlash bilan "ortga qaytish" deb atayapman.

Hech narsaning erta kechi yo'q. Bog'chada yaxshi o'qimaganman demasangiz bo'ldi.