Muvaffaqqiyatni Kechiktiring

14 August, 2023

Muvaffaqqiyatni Kechiktiring


Erta kelib qolgan omad aslida omadsizlik ekanligiga ko'p marta amin bo'ldim. 

2017-yil Inhada dasturlashni endi boshlagan 2 talaba juda sodda mobil ilova yaratadi va Play Marketda 100+ming marotaba yuklab olinib, mo'may daromad keltirishni boshlaydi.

Ularga ko'pchilik havas qilardi, shaxsan men ham - bir kuni ular bilan gaplashib qolmagunimgacha.

Bilimlarini oshirish uchun junior sifatida ish boshlashadi. Ammo 1 hafta ishlagandan so'ng ishdan ketishadi. Loyihadan haftasiga passiv kelayotgan $1000, oyiga 300-400$ uchun ishlashga yo'l qo'ymaydi.

1-2 oy o'tib Play Market "copyright" muammolari tufayli dasturni o'chiradi va passiv daromad kelishi to'xtaydi. Pul ham tugaydi.

2020-yil ishga kirish uchun ularning biridan suhbat oldim. Afsuski suhbatdan achinarli darajada yiqildi va shunda bo'lgan voqeani aytib bergandi.

Eng muhimi vaziyatdan xulosa chiqarib o'z ustida ishladi, YBKYda ham eng aktiv talaba edi. Hozir Yevropada katta kompaniyada dasturchi bo'lib ishlaydi.