Ko’p Ishlilik

15 August, 2023

Ko’p Ishlilik


Juniorlar birinchi ishini topa olmay yurganida, ba’zilar bir paytda 10ta ishda ishlaydi. Xuddi ko’p xotinlilik kabi bu ham bahsli mavzu (controversial).

Menda ham bu mavzuda biroz tajriba bor. Polshaga 2020-yil payshanba kuni kelganman, shanba kuni rasmiy bazmga bordim (bir do’stim majburlab obordi). U yerda har ikki kishidan biri "men dasturchiman" deb aytardi. 

Startupda ishlaydigan bitta bola "bizga topshir" deb hech qo'ymadi. Emailimni so'radi - yozib berdim. Emailimni ko'rib, "gmail" "azimjon"dan keyin kelishi kerak deb rosa bahslashdi. Hay mayli deb tajriba uchun ishga topshirib ko'rdim. 

Pandemiya boshlanib qoldi. U paytlar super dispatchda part-time ishlardim, pandemiya tufayli oyliklar muzlatilinib, full-timega o'tish imkoni bo'lmadi. Bu orada 2-marta o'qishdan ketishga ulgurdim.

Ikkinchi ish uchun ayni payt kelgandek tuyuldi. Shunday qilib, 2ta ishda ishlashni boshladim. 

Ko'p oylik, ko'proq vazifalar, tezroq o'sish. Yillik qo'ygan moliyaviy rejalarimga 3 oyda erishib oldim. Keyin hammasi yoqimsiz tuyula boshladi. Ish qilgim kelmay qoldi. Yuqoridagi postdagi kabi, men ham ishlashni xohlamay qoldim. Keyin esa o'zlari bo'shatib yuborishdi. 2ta (bir xil) ishda ishlash men uchun emas ekan degan fikrga kelgandim.