Toshkentda Startup Qurishga 11 Sabab

27 November, 2025

Toshkentda Startup Qurishga 11 Sabab


2025-yil noyabr oyida Google'dagi ishimdan ketib, Toshkentga keldim.

Nega keldingiz? - deb so'rayvermasliklari uchun ushbu maqolani yozyapman.

Proposika ochiq

Ma'lumot uchun: Toshkenda faqat 2009-2019-yillar 10 yil yashaganman. U vaqtlar propiska katta muammo edi. 6 yillik musofirchilikdan so'ng Vatanga qaytib bu o'zgarishni ko'rib xursand bo'ldim.

Agar hozir ham militsiyalar eshik taqillatib yurganida Toshkentga qaytib kelmagan bo'lardim.

Uyim shu yerda

Uyda bo'lish insonga halovat beradi.

Oy oxirida eshik taqillatadiganlardan yana biri bu - ijara pulini so'rab keladiganlar.

Eng yaxshi "startup"lar ota-ona uyidagi garajda qurilgan. Co-workinglar chiqib qancha startuplarni o'ldirib yuborganliklarini tasavvur ham qila olmaysiz.

Bu maqolani ham aynan ota-onam "garaji"dan yozyapman.

Oilam shu yerda

6 yil musofirlikda yashab, xorijda qolib ketish eng noto'g'ri qarordek ko'rindi.

Ayamga 1 million dollar berib ham oldilarida bo'lishdan ko'ra ko'proq baxt bera olmayman. Diydor g'animat – chin afsuslanish ota-ona vafotidan so'ng bo'ladi. Toshkentga qaytishdan emas.

Jamoa qurish oson

So'ngni 3 yilda Varshavada turib jamoa qurish oson bo'lmagandi. Ammo buni uddaladim.

Toshkentda esa men ularni emas, ular meni topyapti. 2026-yilda 42.uz orqali Maitab.com va Mindful.so loyihalarimga jamoa qurish rejasini tuzyapman.

Toshkent - iqtidorlar episentri.

Sayohat qilish qimmat

So'ngi 3 yilda 20ga yaqin davlatga sayohat qildim. Yevropada arzon ekan deb ryukzagimni ko'tarib bir kun uyoqqa, bir kun bu yoqqa boraverdim.

Toshkenda Amirsoyga borish ham, Shvetsariyaga borishdek qimmat. Kamroq sayohat qilish, ko'proq qurish uchun vaqt beradi.

Ko'chada havo iflos

Pandimiyani eslaysizmi? Bugun xuddi o'sha kunlardek.

Samaradorlikni cho'qqisi aynan shunaqa paytlarda bo'ladi. Uyda qolib, zerikish ayni damda menga kerak eng muhim narsa.

Hozir oldimda havo tozalagich, suv, olma va komyuterim.

Yashash "Arzon"

Aslida Toshkenda oziq-ovqat uchun narx navo Varshavadan ko'ra qimmatroq. Ammo Toshkentda ishsiz bo'lish, Varshavada ishsiz bo'lishdan arzonroq. Yuqoridagi sabablar yanada arzonlashtiradi.

O'zimni vaqtimni sotib olish uchun, birinchi o'rinda, xarajatlarimni kamaytirishdan boshlagandim.

1% Soliq

So'ngni 3 yilda oyligimning 45%ni (soliq - 34% +ijtimoiy himoya - 11%) Polshaga to'lab keldim. Bu umumiy hisobda sal kam 180 ming dollar soliqlarga to'langan degani.

O'zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan, o'z-o'zini band qilganlar 1 milliard so'm miqdorigacha atiga 1% soliq to'laydi. Mazza.

Bonus: 1Fit bor

Toshkentga kelib qilgan birinchi katta xaridim 1Fit bo'ldi. Ishdan ketganimdan keyin bo'sh vaqtim ancha ko'paydi – bu bo'sh vaqtda jismoniy harakatda bo'lish uchun 1Fit dan foydalanyapman.

Kun ora sport zalga boraman, bugun kechroq saunaga. Basseynlar, ot minish, akvapark (yoshligimda faqat orzu qilardim), velosiped ijaraga olish, ping pong va h.k lar bor.

Uylanish vaqti

Yuqoridagi hamma sabablar yetarli bo'lmasligi mumkin edi. Ammo bunisi tarozini Toshkent tarafga og'dirib yuboradi.

Uylanish uchun butunlay qaytish shart emasku deb o'ylaydiglanlar ko'p. Google'da ishlaydigan umr yo'ldosh, Yevropaga chipta bo'lishni istamayman.

Qiyinchilik davrida ham birga bo'la oladigan, qo'llab-quvvatlaydigan inson bilan esa oila qursa arziydi.

Xulosa

Qarorimni to'g'ri yoki noto'g'ri deb tamg'alamayman.

Muhimi – qarorni yashashimda. Har kunimni qanday o'tkazishimda.