Savdolashish san’atini o’rganing. Eng foydali qobiliyat.
11 yoshimdan uyga bozorni o’zim qilardim. Savdolashib, narxini kelishib olardim. Korzinka? Pfft, Farxadskiy!
Yuqorida Polshaga kelib 2-ishimni topganim haqida yozgandim. Ular oyiga 3.5k zł taklif berishgandi. Meni yo’qotadigan hech narsam yo’q edi, qiziqishga savdolashib ko’rdim.
16k zł ga rozi bo’lishimni aytdim, yo’q deyishlarini bilib. Ular 5k taklif qilishdi - rozi bo’lmadim, 15k so’radim. 8k ga chiqarishdi…
Axiri 14k ga kelishdik. Qanday qilib? Tayanchni ishga solib.
“Leverage” nima bo’lishi mumkin? Hozir ishlab turgan ishingiz yoki boshqa kompaniya bergan taklif. Har doim leverage/tayanch qidiring.
Eng muhimi, qadringizni biling.