Sovuq suv quygandek
Esingizda bo'lsa olcha hikoyasi haqida aytib bergan edim.
Yana bir voqea esimga tushdi: 8-sinfdaligimda maktabimizdan faol o'quvchilarni, xususan meni ham, Chilonzor hokimiyatidagi Kamolot tashkilotiga taklif qilishgan. Boshqa maktablardan ham bir qancha o'quvchilar kelgandi – yakshanba kuni.
Qo'limizga yuzlab flayer berib, odamlar gavjum joyga borib tarqatasizlar deyishgan. Ko'pchilik uyiga qaytib ketgan, men esa guruh bilan avtobusda ippodromga yo'l olganman.
Flayer tarqatishni nimasi qiyin, baribir tashlab yuborishadi - bir yo'la o'zimiz tashlab yuborsak bo'ladiku. Yo'q, flayer berish oldidan sharti bor edi. Har bir notanishga "ustozingizga qo'ng'iroq qilib, flayerdagi tabrikni ayting" deyish sharti. Juda kam insonlar qo'ng'iroq qilish buyoqda tursin, biz bilan gaplashgan.
Bugun 42da kurs olgan, ammo dars qilmaganlarga yozib, qo'ng'iroq qilib muammo nimadaligini so'rayapmiz. Tadqiqotda boshqa kattaroq muammo topdik deb o'ylayman - sotsiofobiya.
Sotsiofobiya - haqiqatdan ham bor bo’lgan potensialini namoyish etishdan cheklab qo’yuvchi ruhiy buzulish.
Chiniqing.