Raqamli Gigiena
Parollaringizni ich kiyimdek tuting:
- Hech kimga ko’rsatmang
- Tez tez almashtirib turing
- Ko’rinadigan joyga qo’ymang
Dasturchi sifatida gigiena qoidalari yanada ko’payadi. Ularni o’rganib, amal qiling.
2017-yil Quest42 loyihasini ishga tushirganimda 500ga yaqin odam ro’yhatdan o’tgandi. Parollarini ochiq (hashlamasdan) saqlardim.
Tasodifiy 4-5ta akkount email va parolini olib Google akkountiga kirib ko’rgandim, ko’pchiligida ishlagandi. Hech qachon turli saytlarda bir xil parol ishlatmang.
Googleda xavfsizlikka qattiq qaraladi. Treyninglarning birida HACKING GOOGLE bir epizodini ko’rib, hatto Googleni ham buzish mumkinligiga amin bo’ldim. Siz ham ko’ring, kiberxavfsizlikka qiziqib qolasiz.