O’zgalarga Solishtirmang!

18 September, 2023

O’zgalarga Solishtirmang!


Garvard universitetining qabul komissiyasi qanday qaror qabul qilishi haqida o'qigandim: To'q oiladan chiqqan a'lochi o'quvchini, qiynalgan oila farzandi bilan bir xil solishtirishmaydi. Ularning yutuqlarini birdek baholashmaydi. 

Hammaga bir xil imkoniyat berilmagan. O'zingizni qayerda edingiz, hozir qayerdasiz va qayoqqa ketayotganingiz haqida ko'proq qayg'uring. Boshqalar yutuqlari sizni qiynamasin. 

Ko'p yoshlarga namuna bo'lgandirman, lekin ba'zilar "raqobatchi" sifatida ko'rishi g'alatimasmi? 

Bir notanish yigit qo'ng'roq qilavergandi, javob bermadim. Keyin buni kibrga yo'yib, "namozlarimda sizdan o'tib ketishimni so'rayman" deb yozibdi 🤷‍♂️

Men o'zimni ortdaligimni bilaman va bu bilan baxtliman, o'ziga solishtiradiganlar uchun:

 - Toshkent propiska, diplom, prava, moshina yoki hattoki velosipedingiz bo'lsa mendan ancha oldindasiz!

Qanchalik muvafaqqiyatli bo'lmang, baribir kimdir sizdan ortiqroq bo'ladi va bu sizni muvafaqqiyatsiz qilib qo'ymaydi.

Bori bilan baxtli bo'ling.