Odamlar Nima Deydi

26 May, 2023

Odamlar Nima Deydi


Ikki mahalladosh abiturient o’qishga topshirish uchun Toshkentga kelib, biri diplomatiya universitetiga, ikkinchisi agrar universitetiga topshiradi. 

Armiyada 1 yil xizmat qilgan abiturientlar testlarni zo’r “yechib”, diplomatiyaga kirish ballarini yuqorilashtirib yuboradi. 

Tahmin bilan 100 bal to’plagan abiturient o’qishga kirib, 200 baldan oshiq to’plagan talaba esa imtihondan yiqiladi. 

Mahalladagilar hech narsadan xabari yo’q - gapirishni boshlashadi. O’zi bu bola o’qimasdi - yiqiladida, bu bola o’qirdi - ana o’qishga byudjetga kiribdi degan gaplarni qilishni boshlaydi.

Kimning ota-onasi yuzi yorug’ bo’lib, kimning-ota onasi yuzi yerga qaraydi. 

O’qishdan yiqilgan yigit yana bir yil kutishni xohlamaydi va AQShga universitetga topshiradi. O’zi ham ishonmaydigan Stanfordga to’liq grantga o’qishga kirib, Amerikaga ketadi (grin kardsiz).

Hikoya qahramoni - Ulug’bek akaning shaxsan o’zlaridan bu hikoyani eshitib, ich-ichimdan nega biz katta ishlar qila olmasligimizga amin bo’ldim. Nega yiqilishdan qo’rqishimiz, nega katta rejalar qila olmasligimiz - hammasi shu jamiyat qarashlariga borib taqalarkan.