Nom bering.

16 March, 2024

Nom bering.


Loyiha yaratish, unga nom berishdan boshlanadi. Siz ham loyihasiz: ota-onangizning loyihasisiz - tug’ilganingizda nom berishgan, vaqt ajratishgan, mehr berishgan.

Nom berganda uni qanday eshitilishiga ahamiyat bering. Loyihalar nomiga mos bo’ladi.

Bir do’stimiz 2017-yil Payme kabi kartadan kartaga pul o’tkazish uchun loyiha boshlagandi. Loyiha boshida “Secure Pass” keyin qisqarib “SPass” bo’ldi - O’zbek tilida “Espas” deb o’qila boshladi. Shu nom bilan $100k investitsiya olgandi. Nomiga mos bo’lib, espaslik ham qilindi - pullarni hammasi hindistonlik sohta dasturchilarga sovirildi.

Jprq loyihasi ham hazilomus nomlarga misol. Ammo uni faqat dasturchilar ishlatganligi uchun bu nom yarashgan nazarimda. Nomiga mos bo’lib, loyihadan ko’p jprqlar foydalandi.

42 loyihasi nomlanishi ham qiziq bo’lgan. Ilgari esingizda bo’lsa “Azimjon Academy” nomi bilan loyiha qilgandim. Nom faqat menga bo’glanib qolganligi va juda uzunligi tufayli uni qisqarib: 

 - “AZ” -> “4Z” -> “42” (logotipda yaxshiroq ko’rinadi).

Nom berdingizmi? Endi mehr bering.