Marshmellow Testi 🍬
Bolaga hoziroq bitta yoki ertaga ikki konfet beraman deb taklif qilib ko’ring.
Ko’pchiligi hoziroq bitta olishni xohlaydi. Ertaga ikkita olishni abzal ko’rganlaridan esa, ishbilarmon tadbirkorlar chiqadi.
Bu voqeadan bir oy o’tib, PDP Python bo’yicha dars o’tish taklifi bilan chiqdi. 2 xil taklif: 50/50 foydani bo’lish yoki bir martalik to’lov. Foydani bo’lishishga kelishib kursni chiqardik.
Boshida hech qancha sotilmadi. Biroz vaqt o’tib PDP kursni to’liq sotib olish uchun taklif berdi, rozi bo’lmadim. Keyin platforma xarajatlari, marketing, ishchilarga maosh va shunga o’xshash sabablar keltirdi - rozi bo’ldim. Modulni 1.5k ga baholab sotib yubordim.
Bir yil o’tmasdan 1000dan ortiq talaba sotib olibdi, yana ancha qimmat narxga. Hozir qancha talaba olgan bila olmayman. Lekin kimni ko’rsam sizning o’quvchingizman deydi.
Konfetni esa o’sha kuni yebo’lgandim.