Lotereya - Yolg'on Umid
Toshkentda avtobusda ketayotib bir yigit bilan gaplashib qolgandim. Yoshi 30da, hali ham bo’ydoq ekan. Bittayu bitta orzusi - AQShga ketish. Instagramda amerikada yashaydigan insonlarni kuzatib borarkan. 10 yildan buyon grin kard o’ynarkan.
Gaplarini eshitib ich-etim ezilib ketti, rosa siqildim. 10 yil-a!? 10 yilda nimalar qilish mumkinligini har doim kam baholaymiz.
Lotareyalarni shuning uchun yomon ko’raman. Insonlarga yolg’on umid beradi. Ana qo’shnimiz yutdiku - men ham yutaman deb, yana va yana o’ynayveradi. Harakat qilishdan darak yo'q - faqat Jesko pecheniyalarini yeb yuraveramiz.
Sizga pul/viza emas, balki kasb-hunar va til bilish kerak. Shular bo’lsa, qolgani o'zi kelaveradi.
Bollar, biz yutmaymiz - biz erishamiz!