Komediya ko'rib yig'laganmisiz?

18 November, 2023

Komediya kino yig'laganmisiz?


Men uchun bu kinoni nomi "Ajoyib Hayolparast". Televizorda ko'p ko'rganman, har ko'rganda ichimni qattiq ezadi. Garchi 1977-yilda ishlangan bo'lsada, ekranlarda hozirgacha qo'yilsa kerak.

Hayol surma, hayol surish senga emas - paxtangni ter degan kino. 

Biz hayol surmayapmiz. Bilasizmi nima alam qiladi? 42da dasturlash bo'yicha kurs chiqardik - 99 kishi bu kursdan keyin ish topsak bo'ladimi deb so'radi, lekin 1 kishi bu kursdan keyin startup qilib millarder bo'lib ketamanmi deb so'ramadi. Ikkisi uchun ham javob - "balki" bo'lardi, lekin 2-ni eshitishni ko'proq xohlardim.

Bu davr hayolparastlar darvi. Tasavvur qilgan narsangizni yarata olasiz - qura olasiz.

- Oylik bermasa yig'ishtir "it pitingni" deyishadi. "Ana bor, bozorga chiq" deb qancha ota o'g'liga aytgan ekan?

Mavzu ochilganida aytib o'tmoqchiman, televideniya yuzini 30 yil ko'rmagan bir kino bor: "Otamdan Qolgan Dalalar". 

Ko'rmagan bo'lsangiz, albatta ko'ring. Har bir O'zbekistonlik ko'rishi kerak. 

Birinchi marta 6-sinfda Ona tili o'qituvchimiz Iroda opa qo'yibergandilar, ko'p narsani tushunmay ko'rgan ekanman. Qayta ko'rdim, rosa yosh keldi ko'zimga - ayniqsa paxta ishi haqidagi joylariga.