Iste’molchi Miyya
X narsani olganimda, Y ishni qilaman.
Misol uchun:
- Kompyuter olganimda dasturlashni o’rganaman;
- Krossovka olganimda yugurishni boshlayman;
Bunday fikrlashni o’zimda ham, o’zgalarda ham ko’p kuzataman - yaxshi emas.
X narsani olganingizda Y ishni qilishga ishtiyoq qolmaydi. Chunki endi miyya iste’moldan xursand - yetarlicha dopamin olib bo’ldi. Ish qilgisi kelmaydi.
Buni o’zgartirish mumkin:
X narsa olganimda, Yni yaxshiroq qilaman.
- Kompyutersiz ham dasturlashni o’rganishni boshlash mumkin;
- Sport krosovkasiz ham yugurishni boshlash mumkin;
Keyinsi safar bunday vaziyatga tushganingizda ongli ravishda qaror qabul qiling.
Iste’moldan emas, bajargan ishingizdan xursand bo’ling.