Internetning "yaxshi" insonlari
Ular shunchalik "sahiyki", sizga pul taklif qilishadi. Albatta bitta shart bilan - siz ozgina komissiyasini to'lashingiz kerak.
Ular - FIRIBGARLAR!!
Zamonasini Abdulla Qodiriylari shunaqa aldovlarga ishonib qolyapti.
Kecha bir inson qarz so'rab yozdi - $500. Negaligini surishtirsam, pul qabul qilish uchun kartasida pul yetmayotganligini aytdi.
Bilmaganlar uchun:
Pul qabul qilish uchun sizga pul kerak emas!
Bechora dizaynerni 3 kun ishlatishgan, keyin pulingni jo'natishimiz uchun (qalbaki) saytda akkount ochishing kerak deb aldashgan. Hozirgacha real hayotga qayta olmayapti.
Ingliz tilida "too good" degan ibora bor - o'ta yaxshi degani. O'ta “yaxshi” insonlarning hammasi firibgarlar.
Real hayotning puli qattiq.