Bumerang
O'sha startup asoschisi yana aloqaga chiqdi. Ular yaqinda 500 million dollarga baholanib, 25 million investitsiya olishibdi. Ana bo'masam!
O'sha payt 5% egalikni taklif qilgandi. Hozir bu ulush 25ta 🍋 bo'lardi. Ishonavering, zarracha ham afsuslanmayman. Hammasi hikoya asosida.
Xullas, u bu safar men uchun aloqaga chiqmabdi, balki men bilgan va ishongan dasturchilarni ishga olish uchun yordam so'rab aloqaga chiqibdi. Yaxshi dasturchilarni topish qiyin deydi.
Hozircha YBKYdagi talabalari bog'lab qo'yish niyatidaman. Har bir ishga olingan kandidat uchun 1 oylik maoshini beraman deydi. Yetmaganiga muxtaram prezidentimiz ham har bir talaba uchun 2 ming do'llargacha pul berishi mumkin ekan. Boyib ketamiz shekilli.
Uzoqroqqa qaraydigan bo'lsak, 42ni rivojlantirish, eng yaxshi dasturchilarni tayyorlash uchun bel bog'lashning ayni payti ekanligiga amin bo'ldim.
Nuqtalar ulanyapti.