Yaxshi Rezyume Tayyorlash Haqida

16 January, 2021

Yaxshi Rezyume Tayyorlash Haqida

Avvalgi maqolamda, ish yoki internshipga topshirganingizda, rezyume sizni keyingi bosqich - ya'ni intervyuga chaqirish yoki chaqirmasligini belgilab berishi haqida aytib o'tgandim. Ushbu maqolada esa yaxshi rezyume tayyorlash uchun o'zimning tajribam bilan ulashaman.

Yaxshi rezyume bir kunda yaratilmaydi, oy/yillar davomida yaxshilab boriladi. Shu maqsadda uning har bir versiyasini saqlab borish, sizni yillar davomidagi o'sishingizni ko'rish imkoniyatini beradi.

Taqqoslash uchun mening yomonroq va yaxshiroq rezyumelarimni ko'rishingiz mumkin. (ko'rish uchun ustiga bosing). Yaxshi rezyume bir betdan oshmaydi. Buni ustidan chiqish uchun quidagi qoidaga amal qilamiz.

💡 Rezyumeda keraksiz ma'lumot bo'lmasin!

Keraksiz ma'lumotlarga nimalar kiradi?

  1. Eng ko'p joy eggallaydigan va umuman rezyumega qiymat bermaydigan narsa bu - rasmingiz! Agar software engineering sohasida ishga topshirayotgan bo'lsangiz, rasmning umuman keragi yo'q.
  2. Siz topshirayotgan yo'nalishga aloqador bo'lmagan ish tajribalar
  3. Yoshingiz, hobbilaringiz, oilaviy statusingiz yoki professional bo'lmagan ixtiyoriy boshqa ma'lumotlar
  4. Yashash manzilingiz (shaharni o'zi yetarli)

Agar bu o'zgarishlardan keyin CVingiz bo'shab qolgan bo'lsa, endi uni to'ldirishga o'tamiz.

Rezyumening eng katta qismi - ta'lim, ish tajirabasi va shaxsiy loyihalaringiz va yutuqlaringiz bilan to'ldirishingiz kerak. Bo'sh joy qolsa, qo'shimcha social activitylarni qo'shishingiz mumkin.

Agar sizda hali ish tajribasi bo'lmasa, ishga topshirishdan avval shaxsiy loyihalar ustida ishlashingiz kerak. Balki sizga ishni o'zi kerak emasdir. Shaxsiy loyihalaringiz orqali muvafaqqiyatga erisharsiz. Albatta, loyihalaringizni maqsadi bo'lishi va qaysidir muammoga yechim bera olishi kerak.

Men birinchi ishimni Toshkentda Workly.io da backend developer sifatida boshlaganman. Ishga qabul qilinishimda o'zim tuzgan IELTSZone nomli web dasturini o'rni katta bo'lgan. Shaxsiy loyihalar haqida ushbu maqolamda qo'shimcha o'qishingiz mumkin.

Va nihoyat, ish tajribaga ega bo'lganingizdan so'ng, uni yaxshilab tasvirlab reszyumega joylashtirishingiz kerak. Ish tajribangizni natijaga qaratilgan (result-oriented) yo'l bilan tasvirlashing tavsiya qilinadi. Bunda Darkhonbek yaratgan Resume Templates dan foydalanishingizni maslahat beraman.

Keyingi Bosqichlar

Rezyumeni tayyorlab bo'lganingizdan darrov uni ishlatishni boshlash yaxshi fikr emas. Ushbu bosqichlardan o'tkazish tavsiya qililadi:

  1. Grammarly yoki boshqa dastur orqali, tipografik va gramatik xatolarni tekshirish
  2. Do'slaringiz, tanigan tajribali odamlardan fikrini so'rab, o'zgartirish kiritish
  3. CVandMe.com da tekshirib ko'rish (Ilgari odam tekshirardi, hozir AI tekshiradi)

Eng Ko'p Qilinadigan Xato

Ushbu bar diagramma sizga tanishmi? Ko'p rezyumelarda ko'raman, har gal ko'rganimda rezyume egasi tajribasiz ekanligini tahmin qilaman.

Xulosa

Yaxshi rezyume yaratib bo'lganingizdan so'ng, endi ishga topshiraman deganingizda, ish talab qilayotgan narsalarning hammasini ham bilmasligingizni ko'rasiz. Bu tabiiy hol, ishonch bilan topshiravering. Agar ish talab qilayotgan hamma narsani oldindan bilsangiz, u ish siz uchun foydali bo'lmaydi.