G'oyalarni Ulashing

17 December, 2023

G'oyalarni Ulashish Kerak

Ko’pchilik g’oyamni ulashsam o’g’irlashlari mumkin deb o’ylashadi. 

G’oya - arzon, qimmati - harakat, mashaqqat va intizom. G’oya qiymatga ega bo’lganida, g’oyalar bozori bo’lardi.

G’oyalaringizni atrofdagilar bilan ulashing - kamchiligi bo’lsa aytishadi, maslahati bo’lsa berishadi, tajribasi bo’lsa ulashadi, yoqsa esa ergashadi.

Shunaqa g’oyalar ustida ishlangki, ularni kim bo’lsayam, sizmi yo boshqa, amalga oshirsa jamiyatga foydasi tegsin - hamma uchun manfaatli bo’lsin.

Peshqadam bo’lish aslida qiyin - sinalmagan g’oya katta risk. O’xshab qolsa darrov raqobatchilar paydo bo’ladi. Qancha mehnat ketgan bo’lsa, nusxalash shuncha qiyin bo’ladi. 

Ko’chirish ham san’at. Sinalgan g’oyalardan birini olib qayta yaratishga urinib ko’ring. Shunda g’oya hech qanday qiymatga ega emasligini anglab yetasiz. Muhimi harakat, mashaqqat va intizom.